Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga davlat tashrifi yakunlariga ko‘ra Almazbek Atambayevga minnatdorlik xati yubordi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidentining rasmiy saytida ma’lum qilindi.
“Bu tashrif mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi an’anaviy yaqin va do‘stoni munosabatlarn rivojidagi chinakam tarixiy voqea bo‘ldi va, shubhasiz, O‘zbekiston–Qirg‘iziston hamkorligini yangi bosqichga olib chiqdi”, — deyiladi xatda.
Maktubda ochiq va samimiy ruhdagi suhbat Samarqand, Pekin va Ostonadagi muloqotlarning mantiqiy davomi bo‘lgani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev tashrifning natijalarini yuksak baholashini qayd qilib o‘tdi.
Izoh (0)