2017-yilning 13-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Daniyar Sidiqovni qabul qildi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 5—6-sentabr kunlari Qirg‘izistonga davlat tashrifi va oliy darajada bo‘lib o‘tgan muzokaralar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning aniq masalalari muhokama qilindi
Izoh (0)