“Import almashinish” ko‘rgazmasida ishtirok etgan Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevga mahalliy Inoi R7 telefoni sovg‘a qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu telefon xorijiy servislarga bog‘lanmagan va uni “aniq o‘chirib qo‘yishmaydi”. Smartfon Finlyandiyaning Jolla kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Sailfish operatsion tizimida ishlaydi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
2013-yilda ham Medvedevga mahalliy smartfon YotaPhone sovg‘a qilingan edi. Undan oldinroq prezident lavozimida ishlagan Medvedevga Apple rahbari Stiv Jobs iPhone’ning to‘rtinchi avlodini sovg‘a qilgan edi. “Gazeta.ru” amaldagi bosh vazir shu kunga qadar ishlatgan smartfonlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Dmitriy Medvedev va Apple rahbari Stiv Jobs Rossiya prezidentiga sovg‘a qilingan iPhone’ning to‘rtinchi avlodini tomosha qilmoqda, 2010-yil
Dmitriy Medvedev “Import almashinish” ko‘rgazmasiga tashrifi chog‘ida Inoy smartfoni bilan, 2017-yil 12-sentabr
Dmitriy Medvedev Qozondagi Universiadaning yopilish marosimida o‘zining Samsung smartfoni bilan birgalikda, 2013-yil
“Rostexnologiya” korporatsiyasi bosh direktori Sergey Chemezov taqdim etgan smartfon, 2013-yil
Dmitriy Medvedev Qozonda bo‘lib o‘tgan suv sporti bo‘yicha jahon chempionatida o‘zining Apple kompaniyasiga tegishli smartfoni bilan, 2015-yil
Dmitriy Medvedev “Gorki” qarorgohida telefon orqali suhbatlashmoqda, 2011-yil
Dmitriy Medvedev Qozonda bo‘lib o‘tgan suv sporti bo‘yicha jahon chempionatida o‘zining Samsung kompaniyasiga tegishli smartfoni bilan, 2015-yil
Dmitriy Medvedev MDUning jurnalistika fakulteti talabalari bilan uchrashuvida o‘zining Apple smartfoni bilan, 2012-yil
Izoh (0)