AQSh va Karib havzasi davlatlarida “Irma” to‘foni qurbonlari soni 55 kishiga yetdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Associated Press ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarga 18 ta o‘lim holati to‘g‘ri kelmoqda. Jumladan, 12 kishi Florida, 4 kishi Janubiy Karolina, yana 2 kishi Jorjiyada halok bo‘ldi.
Karib havzasi davlatlaridagi tabiiy ofat qurbonlarning umumiy soni 37 kishini tashkil etmoqda.
Izoh (0)