11-sentabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Buxorolik fuqaro uyidan bir xum tanga topdi (video). Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani “Saidkent” qishlog‘ida yashovchi Erkin Mo‘minov yangi uy qurish uchun qazilma ishlari olib borayotgan paytda 1,5 metr chuqurlikdan bir ko‘za kumush tangalar topib oldi.2. O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 7,87 so‘mga pasaydi. 1 AQSh dollari bir hafta oldinga qaraganda 7,87 so‘mga pasayib, 8092,13 so‘mni tashkil etdi.
3. “Artistlarni emas, sport musobaqasini ko‘rgani kelganmiz”. Asian Fight chiptasini sotib olganlar o‘zini aldangan deb hisoblamoqda. Boisi, turnirga avvaldan va’da qilingan mashhurlar kela olmagani yetmaganidek, Toshkentga kela turib, Stiven Sigal ham “Bunyodkor”ga tashrif buyurmagan.
4. Samarqandda fuqarolar birlashib hokim qarorini bekor qilishga muvaffaq bo‘ldi. Samarqand shahridagi “O‘zbekiston” mahallasining fuqarolari “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi” to‘g‘risidagi qonunda keltirilgan o‘z huquqidan foydalangan holda, shahar hokimining ko‘p qavatli bino qurish borasidagi qarorini bekor qilishga muvaffaq bo‘ldi.
5. “O‘zbekiston 24” kanali yopilishi haqidagi mish-mishlar haqiqatdan yiroqligi ma’lum qilindi. So‘nggi kunlarda “O‘zbekiston 24” kanali sinov rejimidan o‘ta olmagani uchun yopilishi haqida turli gap-so‘zlar tarqalgandi.
Izoh (0)