AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan sobiq nomzod Hillari Klinton 2016-yilgi saylovlarga haqidagi “Nima yuz berdi nomli?” yangi kitobida respublikachi Donald Trampdan o‘zi yo‘l qo‘ygan xatolar tufayli mag‘lub bo‘lganini tan oldi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Klintonga ko‘ra, konchilarni ishsiz qoldirishi haqidagi jumlasidan “eng ko‘p afsus chekadi”. Uoll-stritdagi banklar uchun pulli ma’ruzalari ham imidjiga salbiy ta’sir qildi.
Hillari Klinton AQSh Davlat kotibi lavomida shaxsiy elektron pochtasidan foydalanganini “ahmoqlik” deb atadi. Biroq bunda ko‘proq o‘tgan yil oktabrida mazkur ish bo‘yicha tekshiruvni qaytadan boshlagan FQB sobiq direktori Jeyms Komini aybladi.
Shuningdek, saylovlari natijasiga ta’sir etgan omillar qatorida Hillari Rossiya xakerlarining aralashuvi, Berni Sanders bilan kurash va ayol ekanligini ham sanab o‘tdi.
Izoh (0)