Britaniya hukumati Londondagi ko‘chalarga olomon ustiga bostirib borishni rejalashtirayotgan yovuz niyatlilarni to‘xtatib qolish uchun maxsus tikanaklarni yotqizib chiqmoqchi. Bu haqda “RIA Novosti” Britaniya poytaxt politsiya xizmati rasmiy Twitter’iga tayanib ma’lum qildi.
Tikanli ishlanma “Changal” deb nom oldi. Yaratuvchilar ta’kidlashicha, harakatlanayotgan yuk mashinasini to‘xtatishga qodir bo‘lgan bunday konstruksiyani ikki kishi yo‘lga joylashtira oladi.
Uning ustidan yurib o‘tgan avtomobil g‘ildiraklari teshiladi, tikanli to‘rning o‘zi esa g‘ildirakka o‘ralib qoladi, natijada transport vositasining harakati to‘xtatiladi.
Politsiyadagilar ma’lum qilishicha, tikanli to‘rning birinchisi Uaytxoll ko‘chasidagi hukumat muassasalari yoniga o‘rnatilgan.
Izoh (0)