IShID terrorchi guruhi qo‘lida Suriya pasportining 11 ming blanki bor. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
Bild am Sonntag nashriga ko‘ra, bu blanklar haqiqiydir, ya’ni seriya raqamlariga ega, shu bois ular orqali jangarilar o‘zini qochqin qilib ko‘rsatishi mumkin va buni hech kim aniqlay olmadi.
Aytilishicha, migratsiya va qochqinlar bo‘yicha federal idora 2016-yil oktabr holatiga ko‘ra 81301 pasportni tekshirgan. Shularning 8625 tasi (10 foizdan ko‘proq) soxta ekanligi aniqlangan. 2015-yili 800 ta soxta pasport aniqlangan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)