Italiyada ob-havoning yomon kelishi tufayli ro‘y bergan yer o‘pirilishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, qutqaruvchilar Toskananing Livorno shahridaga uylardan birida yerto‘ladan to‘rt kishining jasadini topgan. Yana bir kishi shahar chetidagi qishloqlardan birida halok bo‘lgan.
Favqulodda xizmatlar yana uch kishi bedarak yo‘qolganini bildirmoqda.
Apennin yarim oroli hududida bo‘ron xavfi e’lon qilindi.
Izoh (0)