Suriyaning turli hududlarida hali IShID terrorchi guruhining yana 12 ming atrofida jangarisi qolmoqda. Bu haqda AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya vakili polkovnik Rayan Dillon bayonot berdi, deb xabar qildi “RIA Novosti”.
“Xoijada mingdan kamroq, Dayr az-Zavrda — 2500, Rakkada, hisob-kitoblarimizga qaraganda, 1500, Mayadindan Abu Kamolgacha bo‘lgan hududda — 6–8 ming jangari”, — dedi Dillon.
AQSh koalitsiyasi Suriyada 2014-yildan buyon operatsiya olib bormoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)