Turkiyada politsiyachilar oldida o‘zini portlatmoqchi bo‘lgan xudkush o‘ldirildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Voqea Milliy razvedka tashkiloti Mersin viloyati idorasi yaqinida ro‘y berdi.
Mersin shahri bosh prokurori Erkan Mustafoga ko‘ra, xudkush politsiya idorasi yaqinida ro‘y bergan otishma chog‘ida o‘ldirilgan.
Hujum uyushtirgan shaxsning murdasidan xudkush kamari topilgan.