AQShning Janubiy Koreyadagi bazasida qo‘shimcha ravishda yana to‘rtta THAAD raketa hujumiga qarshi mudofaa qurilmalari o‘rnatiladi. KXDR bilan ixtilofning yangi bosqichga ko‘tarilishi bunga sabab bo‘lmoqda, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Tizim Seuldan 300 kilometr naridagi yangi Sonju bazasida 7-sentabr kuni o‘rnatiladi.
Ilk THAAD komplekslari Janubiy Koreyada shu yilning may oyida o‘rnatilgan edi. Ammo ularning soni kam bo‘lgani uchun imkoniyatlari cheklangan edi. Endi tizim Janubiy Koreya osmonini ishonchli himoyalaydi, deyiladi xabarnomada.
Izoh (0)