Jahondagi barcha ko‘chmas mulkning umumiy qiymati 200 trillion dollarni tashkil etadi. Bu Britaniyaning Savills kompaniyasi o‘tkazgan tadqiqotda aytildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Hisobotga ko‘ra, jahon ko‘chmas mulkining 84 foizini (168,5 trillion dollar) uy-joy, qolganini ko‘chmas mulk tashkil etadi.
Ko‘chmas mulkning 70 foizidan ko‘prog‘i (141,5 trillion dollar) o‘nta mamlakatda joylashgan. Bular — Xitoy, AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Germaniya, Fransiya, Braziliya, Italiya va Rossiya.
Birinchi o‘rinda Xitoy (42,7 trillion dollar), ikkinchi o‘rinda AQSh (42,1 trillion dollar) turibdi.