O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Quyida Babayanning javoblari “Championat.asia” saytidan olib berilgan.
Ertaga biz uchun juda muhim o‘yin. Har bir qarich yer uchun kurashamiz, bizda ortga yo‘l yo‘q. Ortimizda xalqimiz turibdi. G‘alaba qozonib, ularni xursand qilishga urinamiz.Xitoyga qarshi uchrashuvdan keyin Samvel Babayan shogirdlariga nima degani borasidagi savolga quyidagicha javob qaytardi.Samvel Babayan, O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi
Bunday o‘yinlardan keyin ortiqcha gapning keragi yo‘q. Yigitlarga hali imkoniyat borligini aytdim. Oxirigacha kurashamiz.Samvel Babayan hammasiga hakamlar aybdor demadi, ammo ularning saviyasi past ekani haqida aytdi. O‘zining saviyasi borasida esa to‘xtalmadi.Shu vaqtgacha hakamlar borasidagi savollardan qochib kelgan bo‘lsam, endi ochiq aytaman: hakamlik juda ham past darajada. Biz Xitoyda nohaq mag‘lub bo‘ldik. Ikkita o‘yinda hakamlar so‘nggi daqiqalarda darvozamizga penalti belgilashdi. Suriya bilan o‘yinda penaltidan oldin Haydarovga nisbatan qoida buzilgandi. Xitoy bilan bahsda esa raqib simulyatsiya qildi.
Samvel Babayan, O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi
Jurnalistlar Samvel Babayanga Igor Sergeyev haqida savol berib, Temurxo‘ja Abduxoliqov undan qaysi jihatlari bilan kuchsiz ekanini bilishga qiziqdi. Avvaliga “hech qaysi tomondan kuchsiz emas”, — deb javob qaytargan murabbiy, keyinroq nima sababdan Sergeyevni asosiy tarkibga kiritayotgani haqida aytdi. Keyin esa Krimets borasida ham tushuntirish berdi.
Zamonaviy futbolda barcha jihat hisobga olinadi. Sergeyev Oliy Liga ikkinchi davrasida bir nechta o‘yin o‘tkazdi. Abduxoliqov esa hali rasmiy o‘yin o‘tkazgani yo‘q. Krimets? U Xitoy Super Ligasining yoshlari safida o‘ynamoqda. Ushbu liga saviyasi anchagina yuqori. U yerda 10 million turadigan legionerlar o‘ynamoqda.Butun O‘zbekiston ikki narsani kutmoqda: O‘zbekiston termasining JChga, Samvel Babayanning esa iste’foga chiqishini. Xuddi shunday yangragan savolga Babayan o‘z xohishi bilan iste’fo berish niyati yo‘qligiga shama qilib, javob qaytardi.Samvel Babayan, O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi
Terma jamoa bosh murabbiyi va iste’fo — sinonim so‘zlardir. Barchasi O‘FF rahbariyatiga bog‘liq. Taqdirim ularning qo‘lida.Murabbiyning qayd etishicha, Xitoyga qarshi o‘yin oldidan nafaqat Sardor Rashidov, balki 5 nafar futbolchi ovqatdan zaharlangan. Ular orasida Odil Ahmedov ham bor edi, ammo zaharlanish Sardorda kuchliroq kechgan. Ayni vaqtda barcha futbolchilar Janubiy Koreya bilan o‘yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.Samvel Babayan, O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi
Izoh (0)