Sakkiz turdan buyon Shveysariya terma jamoasini quvib yeta olmayotgan Yevropaning amaldagi chempioni Portugaliya, JCh—2018 saralashining Vengriyaga qarshi safar o‘yinida 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Mazkur bellashuvdagi yagona gol Andre Silva tomonidan urildi. Bunga qadar 7 uchrashuvda 14 ta gol urishga erishgan va saralash to‘purari bo‘lib turgan Krishtianu Ronaldu Vengriyaga qarshi to‘liq o‘ynagan bo‘lsa-da, gol urishga muvaffaq bo‘la olmadi.
Ronaldu Shveysariyaga qarshi kechgan 1-turda maydonga tusha olmagan va o‘sha uchrashuvda Portugaliya 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Shundan keyin 7 ta o‘yinda portugallar zafar quchdi va Krishtianu ularning har birida gol urishga erishdi.
Shveysariya esa o‘zining g‘alabali yurishini davom ettirib, peshqadamligini saqlab qoldi.
JCh—2018. Saralash “B” guruhi. 8-tur 3-sentabr, yakshanba
Izoh (0)