Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova RFning AQShdagi diplomatik muassasalarda o‘tkazilgan tintuvlarga izoh berib o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“FQB xodimlari tomonidan Rossiya chet el muassasalarida o‘tkazilgan tintuv kadrlarini ko‘rmoqdaman va bu allaqanday ahmoqona, noqonuniy, bema’ni masxarabozlik ekanligini tushunyapman. Nega? AQSh maxsus xizmatlarining qudratini ko‘rsatishmoqchimi? Endi hamma narsani ko‘rdik. Hatto qilgan ishidan uyalgan FQB xodimini ham ko‘rdik”, — deb yozdi u Facebook’dagi sahifasida.
“Qulflarni buzib, eshiklarni sindirmoqchi edingizmi? Biz xushmuomala odamlarmiz, o‘zimiz ochib beramiz, mulkimizni buzish nima kerak?”, — qo‘shimcha qildi Zaxarova.
Ilgariroq Rossiyaning San-Fransiskodagi bosh konsulligi tintuv qilingani ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)