O‘zbekiston hukumatiga aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish topshirildi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
O‘zbekiston rahbarining topshirig‘iga binoan, 2017–2018-yillarda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ega oilalar sonini 1,5 barobarga, moddiy yordam oladigan kam ta’minlangan oilalar sonini 2 barobarga oshirish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, Prezident ishsiz fuqarolarni aholi joylari, mahallalarni obodonlashtirish, ariqlar, irrigatsiya tarmoqlarini tozalash, uy-joy kommunal xo‘jaligi obyektlarini ta’mirlash, infrastrukturani yaxshilash, ko‘cha va yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilishni topshirdi.
Shavkat Mirziyoyev kam ta’minlangan oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlashni uy-joy sotib olish yoki ta’mirlash, yirik shoxli jonivorlar xarid qilib berish, parranda va maishiy texnika yetkazib berish yo‘llari bilan amalga oshirishni topshirdi.
Izoh (0)