Human Rights Watch (HRW) xalqaro nohukumat tashkilotining delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda 2-sentabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga ko‘ra, HRW O‘zbekiston Oliy Majlisi, Oliy sud, Bosh prokuratura, tashqi ishlar, ichki ishlar, adliya, bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, boshqa davlat va nodavlat tuzilmalarda uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirgan.
Bundan tashqari, xalqaro tashkilot delegatsiyasi O‘zbekiston hududlarida bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)