Rossiyaning Taganrog shahrida (Rostov viloyati) ikki nafar jinoyatchi 26 yoshli erkakni 1,5 million rubl evaziga “donorlik”ka sotib yuborishga harakat qildi. “Donor” erkak yovuz niyatli shaxslar uni chetdan Rossiyaga mashina olib kelishga yollashganligiga ishongan, deb xabar berdi “Vesti.ru”.
Kelishuv tafsilotlarini muhokama qilish uchun jinoyatchilar 29-avgust kuni erkakni shahar mehmonxonalaridan biriga taklif qilgan. U yerda “tirik mahsulot” savdosi bo‘yicha bitim tuzilishi kerak edi. Biroq xaridor sifatida politsiya vakili harakat qilgan.
Jinoyatchilar pulni qo‘lga kiritganidan so‘ng, huquq-tartibot xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Ularga nisbatan “odam savdosi” bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)