Eronda avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi va yana 33 kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy OAVga asoslanib Sinxua agentligi ma’lum qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Noxush hodisa Eron janubidagi Fors viloyatida sodir bo‘lgan.
Xabar berilishicha, avtobus qo‘shni Xormuzgan viloyatidan maktab qizchalarini olib ketayotgan bo‘lgan.
Izoh (0)