AQSh prezidenti Donald Tramp Texasga yopirilgan “Xarvi” to‘fonining oqibatlarini bartaraf etishga shaxsiy hisobidan bir million dollar xayriya qiladi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Xakabi Sanders ma’lum qildi, deb xabar berdi Meduza.
Sandersning so‘zlariga ko‘ra, Tramp jurnalistlardan qaysi tashkilotga pul o‘tkazishini aniqlashda yordam ko‘rsatishlarini so‘ramoqda.
“Xarvi” to‘foni avgust oyining oxirida AQSh janubi-sharqidagi qirg‘oqlarga yopirilishi oqibatida Texas shtatining Xyuston shahrida suv toshqinlari yuzaga keldi, 30 ga yaqin kishi halok bo‘ldi.
Izoh (0)