AQShda “Xarvi” to‘foni tufayli uylarini tark etgan odamlar soni milliondan oshdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Texas shtatidagi eng yirik shahar — Xyuston ham kiradigan Xarris okrugining (aholisi — 4,6 million kishi) 75 foiz hududi suv ostida qolib ketdi. Bu yerda suvning balandligi 45 santimetrga yetadi. Texas va Luiziana shtatlarida 160 ming uy elektr ta’minotisiz qolmoqda.
Moody’s Analytics kompaniyasi hisob-kitoblariga qaraganda, to‘fon Texas shtati iqtisodiyotiga yetkazgan zarar 51–75 milliard dollar atrofida bo‘lishi mumkin.
Texas AQShning neft sanoati markazi hisoblanadi.
Izoh (0)