• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutq so‘zladi. Nutq matni O‘zAda keltirildi.

    Foto: Facebook / Shavkat Mirziyoyev

    Foto: Facebook / Shavkat Mirziyoyev

    Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

    Muhtaram mehmonlar!

    Xonimlar va janoblar!

    Avvalambor, mana shunday qutlug‘ kunda siz, azizlarni va butun xalqimizni eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz — Mustaqillik kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildirishga ruxsat bergaysiz.

    Bundan roppa-rosa yigirma olti yil muqaddam Birinchi Prezidentimiz, atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi.

    Shu kundan e’tiboran jahon xaritasida yangi mustaqil va suveren davlat – O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi.

    Jonajon Vatanimizning ko‘p ming yillik tarixida yangi davr — erkinlik va ozodlik, milliy tiklanish va taraqqiyot davri boshlandi.

    Biz bugun xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlab olgan, istiqlol yillarida bosib o‘tgan og‘ir va mashaqqatli, shu bilan birga, g‘oyat sharafli yo‘limizni sarhisob qilar ekanmiz, tarixan qisqa bir davrda o‘z taqdirimizni o‘zimiz hal etish, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallash, milliy davlatchiligimizni, azaliy qadriyat va urf-odatlarimizni, muqaddas dinimizni tiklash, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida ulkan yutuq va marralarni qo‘lga kiritganimizni faxr bilan tilga olamiz.

    Albatta, ushbu yutuqlarning qo‘lga kiritilishida Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimovning tarixiy xizmatlari beqiyos bo‘lganini bugun barchamiz, butun xalqimiz takroran esga olishimiz tabiiydir.

    Bugun azim poytaxtimiz Toshkent shahrida, Oqsaroy qarorgohi oldida Islom Abdug‘aniyevichning haykalini ochdik. 2-sentabr kuni esa Islom aka tug‘ilib voyaga yetgan Samarqand shahrida u kishining haykali ochiladi.

    Nasib etsa, 2018-yil 30-yanvarda — u kishi tug‘ilgan kunga 80 yil to‘ladigan sanada Qarshi shahrida Birinchi Prezidentimizga haykal o‘rnatish, Samarqand shahrida yodgorlik majmuasi barpo etish ishlarini to‘la yakuniga yetkazib, ularning ham tantanali ochilish marosimlarini o‘tkazamiz.

    Bugun barchamiz bir fikrda yakdilmiz: Birinchi Prezidentimizning Vatan va davlat oldidagi buyuk tarixiy xizmatlari, so‘nmas xotirasi xalqimiz qalbida abadiy yashaydi.

    Hurmatli vatandoshlar!

    Yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni, xalqimizning munosib hayot kechirishini ta’minlash borasida bugun oldimizda yanada muhim va dolzarb vazifalar turganini biz har tomonlama chuqur anglaymiz.

    Jahon miqyosida raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi keskin bir davr barchamizdan yangicha ishlash va fikrlashni, yuqori darajada safarbarlikni talab etmoqda.

    Oldimizda turgan ana shu ulkan vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini qabul qildik.

    Ushbu Strategiyada davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosatni izchil davom ettirish kabi masalalar taraqqiyotimizning asosiy yo‘nalishlari sifatida belgilab olindi.

    Harakatlar strategiyasida “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyil davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani albatta bejiz emas.

    Birinchidan, bugungi kunda barcha bo‘g‘indagi hokimlar, vazirlik va idoralar, prokuratura, sud-huquq va ichki ishlar organlari rahbarlari, deputat va senatorlar bevosita joylarga chiqib, o‘z faoliyati bo‘yicha xalq oldida hisobot bermoqda.

    Mahallama-mahalla, uyma-uy yurib, odamlarning hayotiy muammolarini o‘rganmoqda, ularni qonuniy asosda hal qilish uchun amaliy yordam ko‘rsatmoqda.

    Ikkinchidan, biz iqtisodiyotimizni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish, mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish va shu tariqa jahon bozorida munosib va mustahkam o‘rin egallashga asosiy e’tibor qaratmoqdamiz.

    Shu maqsadda o‘tgan qisqa davrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida minglab loyihalar amalga oshirilib, yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy zavod va fabrikalar barpo etilayotgani, yangi ish o‘rinlari tashkil qilinayotganini ta’kidlash lozim.

    Bugungi va ertangi taraqqiyotimiz bevosita bog‘liq bo‘lgan qishloq xo‘jaligi sohasida tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.

    Ayniqsa, qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirishda an’anaviy yondashuvlardan voz kechib, dehqonlar daromadini ko‘paytiradigan, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni yetishtirishga investitsiyalar jalb qilinayotgani sizlarga yaxshi ma’lum.

    Mamlakatimizning barqaror taraqqiyotini ta’minlash maqsadida “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi” degan tamoyildan kelib chiqib, bugungi kunda yurtimizda ishbilarmonlik va tadbirkorlik muhitini tubdan yaxshilash uchun yangi imkoniyat va imtiyozlar yaratilmoqda.

    Eng muhimi, bu soha ming-minglab fuqarolarimiz, avvalo, yoshlarimiz uchun halol mehnat qilib, daromad topish, el farovonligini oshirishda mustahkam zamin bo‘layotgani barchamizni xursand qiladi.

    Uchinchidan, ijtimoiy sohalar, ayniqsa, odamlarda eng ko‘p e’tiroz uyg‘otayotgan sog‘liqni saqlash, ta’lim-tarbiya, tabiiy gaz va elektr energiyasi, ichimlik suvi ta’minoti, kommunal xizmat, yo‘l qurilishi sohalarida mavjud ahvolni ijobiy tomonga o‘zgartirish, ichki ishlar idoralarining faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlardan ham albatta xabardorsiz.

    Uzoq yillardan buyon xalqimizni qiynab kelayotgan o‘tkir bir muammo – arzon uy-joylar masalasini hal etish maqsadida biz 2017–2021-yillarga mo‘ljallangan alohida dastur qabul qildik.

    Ushbu dasturga binoan kelgusi besh yilda 1136 ta ko‘p qavatli, arzon uy-joylar, jumladan, qishloq joylarda yangi namunaviy loyihalar asosida 100 mingdan ortiq turar joy binolari barpo etiladi.

    Shu kunlarda faqat qishloq joylarning o‘zida joriy yilda qurib bitkazilgan yangi uylarda 5 mingdan ortiq oila hovli to‘ylarini o‘tkazayotgani albatta hammamizni quvontiradi.

    Bu ishlarni izchil davom ettirish haqida gapirar ekanmiz, insonlarning dardu tashvishini o‘ylab yashash biz uchun odamiylikning eng oliy mezoni, eng muhim vazifa bo‘lib qolishini alohida ta’kidlamoqchiman.

    Chunki xalqimiz o‘z hayotidagi ijobiy o‘zgarishlarni kelajakda emas, balki bugun ko‘rishni, ulardan bugun bahramand bo‘lishni istaydi.

    Aholimizning ana shunday tabiiy istak va talablarini bajarish barcha rahbar va yetakchilarning asosiy burchi va vazifasiga aylanishi shart.

    To‘rtinchidan, biz parlament va fuqarolik jamiyatining muhim institutlari bo‘lgan siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarishga alohida e’tibor bermoqdamiz.

    Jumladan, keyingi paytda mahalla tizimi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, yoshlar tashkiloti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan farmon va qarorlar o‘zining dastlabki natijasini berayotganini ta’kidlash lozim.

    Ayniqsa, mamlakatimiz yoshlarining huquq va manfaatlarini har tomonlama himoya qilish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuzilgani va bu tashkilotning hayotimizdagi o‘rni va nufuzini oshirish, unga yangi imtiyoz hamda imkoniyatlar berish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlarimiz haqida alohida to‘xtalib o‘tmoqchiman.

    Chunki mamlakatimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga, bu yo‘lda bor bilim va salohiyatini safarbar etishga qodir bo‘lgan, azmu shijoatli yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazish — biz uchun eng muhim masaladir.

    O‘zbekiston yoshlar ittifoqi o‘zining amaliy faoliyati bilan barchamizning, birinchi navbatda, yoshlarimizning umidlarini albatta oqlaydi, deb ishonamiz.

    Bugungi davr talabi, xalqimizning xohish va istaklarini inobatga olib, ilm-fan, ta’lim-tarbiya tizimida ham jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Maktab ta’lim tizimi tubdan o‘zgartirilib, 11 yillik umumiy o‘rta ta’lim qayta tiklanmoqda. Mamlakatimizning qator hududlarida yangi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy va ijodiy markazlar tashkil etilmoqda. Oliy o‘quv yurtlariga qabul kvotalari sezilarli darajada kengaytirildi. Sirtqi va kechki oliy ta’lim shakllari tiklanmoqda.

    Shuningdek, bu borada bizni eng ko‘p o‘ylantirayotgan masalalardan biri — maktabgacha ta’lim tizimi tubdan isloh qilinmoqda.

    Maqsadimiz kelgusi 3–4 yilda mamlakatimizdagi bog‘cha yoshidagi bolalarni ana shunday ta’lim muassasalariga to‘liq qamrab olishdan iborat va biz bunga albatta erishamiz. Ushbu maqsadda ayni kunlarda maxsus davlat dasturi tayyorlanmoqda.

    Beshinchidan, respublikamizda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash, diniy ekstremizm va terrorizm xavfiga qarshi kurash olib borish bo‘yicha ishlar ham yangicha yondashuvlar asosida tashkil etilmoqda.

    Hayotda bilib-bilmay adashgan odamlarni to‘g‘ri yo‘lga solish, kechirimli bo‘lish, ularni sog‘lom hayotga qaytarish masalalari ham diqqat markazimizda turibdi.

    Biz bir hayotiy haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak. Ya’ni xato qilgan, yo‘ldan adashgan odamni “yomon” deb chetga surib qo‘ysak, u yomon bo‘lib qolaveradi. Yomonni yaxshi qilish, uni do‘stga aylantirish – bu faqat sog‘lom jamiyatning qo‘lidan keladi.

    Jamiyatimizda sog‘lom fikr, sog‘lom kuch ustuvor bo‘lishi uchun biz ma’naviy hayotimizni yuksaltirish, aholi, avvalo yoshlarimizni turli zararli ta’sirlardan asrash, ularni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash haqida muntazam o‘ylashimiz, faol ish olib borishimiz zarur.

    Bu borada amalga oshirayotgan islohotlarimiz, xususan, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, madaniyat va san’at tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari mehnatini munosib qadrlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar sizlarga yaxshi ma’lum, albatta.

    Ayni vaqtda bunday keng ko‘lamli ishlarimiz biz boshlagan islohotlarning faqat bir qismi, dastlabki qadamlar ekanini ta’kidlash lozim.

    Oldimizga qo‘ygan yuksak maqsad va rejalarimizni real natijaga aylantirish uchun hammamiz bor kuch va bilimimizni ayamasdan, fidokorona va vijdonan mehnat qilishimiz, tashabbus ko‘rsatib ishlashimiz zarur.

    Shuning uchun ham, kelgusi ikki yil bizning faoliyatimizda favqulodda safarbarlikni talab etadigan davr bo‘ladi va bu vazifani barchamiz sidqidildan bajarishni ta’minlashimiz albatta lozim. Xalqimiz bizdan shuni kutyapti.

    Bu borada, ayniqsa, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, Qurolli Kuchlarimizning salohiyatini oshirish doimiy e’tiborimiz markazida bo‘lib qoladi.

    Qadrli do‘stlar!

    Bugun biz mamlakatimizni har tomonlama modernizatsiya qilish, tarkibiy o‘zgarishlar va demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, mustaqilligimizni yanada mustahkamlash bo‘yicha ulkan ishlarni boshlagan ekanmiz, ularni amalga oshirish tashqi omillarga ham bog‘liq ekanini yaxshi tushunamiz.

    Shuning uchun tashqi siyosatimizda uzoq-yaqin davlatlar, eng avvalo, bizga qo‘shni bo‘lgan Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yaqin do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish eng muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib qoladi. Bu boradagi amaliy ishlarimizdan albatta xalqimiz xabardor.

    Fursatdan foydalanib, bugungi tantanamizda ishtirok etayotgan xorijiy mamlakatlarning elchilari va xalqaro tashkilotlar vakillariga, chet ellik mehmonlarimizga butun xalqimiz nomidan minnatdorlik bildirib, barcha davlatlar xalqlariga samimiy tabrik va salomlarimizni yo‘llashga ijozat bergaysiz.

    Aziz va muhtaram vatandoshlar!

    Bugun el-yurtimiz Mustaqillik bayrami bilan birga muborak Qurbon hayitini ham katta shodu xurramlik bilan kutib olmoqda.

    Bu ikki ulug‘ bayramning aynan bir kunga to‘g‘ri kelishida ham o‘ziga xos chuqur va ramziy ma’no bor.

    Mana shu imkoniyatdan foydalanib, siz, azizlarni ana shu qo‘shaloq ayyomlar bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.

    Shu yuksak minbardan turib, barcha yutuqlarimiz, buyuk kelajagimiz ijodkori va bunyodkori bo‘lgan mard va olijanob, mehnatkash va tanti xalqimizga ta’zim qilaman.

    Bugungi ulug‘ ayyom kunlarida qalbimdagi eng ezgu tilaklarimni mujassam qilib aytmoqchiman:

    Betakror Vatanimiz ravnaqi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilishdan hech qachon tolmaylik, charchamaylik!

    Barchamizga, jonajon yurtimizning kamolini, farzandlarimiz va nabiralarimizning baxtu iqbolini ko‘rish nasib etsin!

    O‘zbekistonimiz doimo gullab-yashnasin!

    Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

    31.08.2017, 22:12   Izoh (0)   31142
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyevning Toshkentda Islom Karimov haykalining ochilishidagi nutqi

    31.08.2017, 21:29

    O‘zbekiston Mustaqilligining 26 yilligi, Toshkentda ochilgan Islom Karimov haykali, Xitoyga mag‘lub bo‘lgan Babayan shogirdlari va kunning boshqa muhim xabarlari

    31.08.2017, 21:20

    Lola Karimova-Tillayeva O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gul qo‘ydi (foto)

    31.08.2017, 19:28

    Yuqori Chirchiq tumanida mahalla raisi pora olayotgan vaqtda ushlandi

    31.08.2017, 19:05

    Milliy matbuot markazida energetik resurslar hisoblagichlarini qiyoslashdan o‘tkazish jarayonlarini takomillashtirishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi...

    31.08.2017, 17:50

    Shavkat Mirziyoyev sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish haqidagi qarorni imzoladi

    31.08.2017, 16:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya chempionatida mavsum yakunlandi. Legionerlarimiz qanday natija qayd etdi?

    Sport | 25 may, 12:01

    Tirnoqlarga nazar: agar sizda shunday belgilar bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qiling

    Go‘zallik | 25 may, 12:00

    Yevropa Ukraina uchun AQSHdan qurol sotib oladi — Bloomberg

    Dunyo | 25 may, 11:37

    Sany power’dan Seer power’ga — yangi nom, yangi maqsadlar

    O‘zbekiston | 25 may, 11:31

    Anjelina Jolining muxlislari uning qo‘riqchisi sabab aktrisadan xavotirda

    Kino | 25 may, 10:51

    Rossiyada migrantlarga bittadan ortiq telefon raqamiga ega bo‘lish taqiqlanishi mumkin

    Dunyo | 25 may, 10:29

    Luka Modrich “Real” bilan rasman xayrlashdi: “Yakunlangani uchun yig‘lama, sodir bo‘lganidan quvon”

    Sport | 25 may, 10:19
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.