Britaniyalik eshkak eshuvchi, ikki karra Olimpiya chempioni Aleks Gregori bir oy davomida Shimoliy muz okeanida eshkak eshganidan so‘ng uning qo‘llari qanday ahvolga kelib qolganini ko‘rsatdi. Foto uning Instagram’dagi sahifasida chop etildi, deb xabar beradi Meduza.
Gregori ishtirok etgan ekspeditsiya 2017-yil 20-iyulida boshlangan edi. Uning jamoasi Norvegiyadan shimolga, Shpitsbergendagi Longyir aholi yashash punktiga qadar eshkakli qayiqda suzib bordi, so‘ng taxminan shuncha masofani janubga, Islandiya tomon suzdi.
Ekspeditsiya bir yarim oy davom etib, jamoa Islandiyagacha suzib borishi rejalashtirilgan edi. Ammo 19-avgust kuni ular Norvegiyadagi orollardan birida to‘xtadi, jamoa a’zolari o‘zini yomon his qilgani bois safar muddatidan oldin yakunlandi.
Izoh (0)