Polshalik Sebastyan Karas Boltiq dengizini suzib o‘tgan tarixdagi birinchi odam bo‘ldi. Suzuvchi Polshaning Kolobjeg shahri va Daniyaning Bornholm oroli o‘rtasidagi 100 kilometrli masofani 28,5 soatda suzib o‘tdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Sport ustasini kichik kema kuzatib borgan. Masofaning ba’zi qismlarida to‘lqinlarning balandligi ikki metrga yetgan, suvning harorati 20 darajadan ko‘tarilmagan.
https://www.facebook.com/100km.sebastian.karas/videos/1919229135008109/
Bu urinish polshalik sportchining Boltiq dengizini suzib o‘tish uchun ikkinchi urinishi bo‘ldi. O‘tgan yili u suzishni boshlaganidan sakkiz soat o‘tgach sog‘lig‘i bilan bog‘liq sabab tufayli suzishni to‘xtatgan.
https://www.facebook.com/100km.sebastian.karas/videos/1919283408336015/
26 yoshli polshalik suzuvchi Elblong shahrida tug‘ilgan. 2015-yilda u La-Mansh bo‘g‘ozining 41 kilometrli masofasini 8 soat 48 daqiqada suzib o‘tib, Polsha rekordini o‘rnatgan.
https://www.facebook.com/100km.sebastian.karas/videos/1919357828328573/
Avvalroq avstraliyalik nogiron erkak La-Mansh bo‘g‘ozini suzib o‘tgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)