Braziliya sudi Amazoniya mintaqasida, Amazonka daryosida tabiiy boyliklar qazib olishni taqiqladi. Bu haqda France24 xabar bermoqda.
Federal sudya Rolando Valkir Spanolo mamlakat prezidenti Mishel Temerning Amazoniya shimolida foydali qazilmalar olishga ruxsat beruvchi dekretini to‘xtatib qo‘ydi. Sudyaning fikriga ko‘ra, bunday qaror konstitutsiyaga muvofiq faqat mamlakat kongressi tomonidan qabul qilinishi mumkin.
Bosh prokuratura qaror ustidan apellyatsiya shikoyatini kiritishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
24-avgust kuni Mishel Temer farmon chiqarib, Amazoniya o‘rmonlarining alohida qo‘riqlanadigan zonasida qazilma ishlarini olib borishga ruxsat bergan edi.
Izoh (0)