Sirdaryo viloyatida 280 ming kishi Jahon banki loyihasi doirasida suv bilan ta’minlanadi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
1996-yili xalqaro moliyaviy tashkilot Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida suv va kanalizatsiya tizimlarini tozalashga 450 million dollar ajratgan edi.
Yaqinda Jahon banki loyihaviy jamoasi Sirdaryo viloyatiga safar qilib, loyiha realizatsiya jarayoni bilan tanishib chiqdi. Sardoba, Boyovut, Mirzaobod, Oqoltin va Hovos tumanlarida suv ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish uchun Jahon banki O‘zbekistonga 88 million dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratgan edi.
Hukumatning o‘z mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha 12 million dollar loyihaga kiritildi.
Ikki kunlik tanishuv tashrifi davomida Jahon banki vakillari Sirdaryodagi “Suvoqova” DUP va uy-joy kommunal xo‘jalik vazirligi vakillari bilan loyiha realizatsiyasini muhokama qildi.
Izoh (0)