Shimoliy Koreya maxsus xizmatlari mamlakat rahbari Kim Chen Inning xavfsizligini ta’minlash uchun SSSR maxsus xizmati — davlat xavfsizligi qo‘mitasining (KGB) sobiq xodimlarini yolladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Rasmiy Pxenyan AQSh va Janubiy Koreya Kim Chen Inni jismonan yo‘q qilishga urinishini taxmin qilmoqda va shunga yarasha choralar ko‘rmoqda.
Matbuotda aytilishicha, fevral oyida KXDR KGBning o‘n nafar sobiq xodimini Pxenyanga taklif qilgan. Ular Kim Chen Inning tan soqchilarini yollash uchun maslahatchi sifatida yollangan. Xususan, ulardan teraktrlarni bashorat qilish va terrorchilarning xatti-harakatlariga javob qaytarish tajribasi qiziqtirmoqda.
Izoh (0)