Janluiji Buffon
Mazkur marosim davomida UEFA Chempionlar Ligasining o‘tgan mavsumida to‘p surgan eng yaxshi futbolchilarni aniqladi. Unga ko‘ra, Turinning “Yuventus” klubi posboni Janluiji Buffon eng yaxshi darvozabon deb topildi.
Buffon o‘tgan mavsum jamoasi bilan oltin dubl qayd etdi va Chempionlar Ligasining finaliga qadar yetib keldi. U musobaqada 12 ta uchrashuv o‘tkazib, shularning 9 tasida darvozasidan to‘p olib chiqmadi. “Real”ga qarshi finalga qadar Buffon bor-yo‘g‘i 3 ta gol qo‘yib yuborgandi. Shu tariqa 39 yoshli darvozabonga teng keladigani topilmadi.Serxio Ramos
Ramos Chempionlar Ligasida 100 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan 30 nafar futbolchidan biri hisoblanadi. U o‘tgan mavsum “Real” sharafini musobaqada 11 marta himoya qildi. 1 ta gol urib, 3 ta golli uzatma berdi. Madridliklarning Chempionlar Ligasida ketma-ket ikki bor zafar quchgan birinchi klub bo‘lib olishida Ramosning xizmatlari katta.Luka Modrich
“Real” yarim himoyachisi Luka Modrich ham o‘z pozitsiyasida tengsiz bo‘ldi. Jamoasining kubokni olishida xorvatiyalik futbolchi katta mehnat qildi. U 11 ta uchrashuvda umumiy 983 daqiqa harakat qilib, “Real” g‘alabalariga o‘z hissasini qo‘shdi.Krishtianu Ronaldu
Yevropaning himoyasi eng kuchli deb qaraladigan uch klubi — “Atletiko”, “Yuventus” va “Bavariya” o‘tgan mavsum Krishtianu Ronaldu tomonidan umumiy hisobda 10 marta ishg‘ol qilindi. Shuning o‘ziyoq portugaliyalik hujumchi eng kuchli ekanini ko‘rsatardi.
Ronaldu nafaqat mavsumning eng yaxshi hujumchisi bo‘ldi, balki UEFAning o‘tgan mavsumdagi eng kuchli futbolchisi deb ham topildi.
UEFA yaxshilarni qanday aniqladi?
Shu vaqtga qadar tashkilot o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisinigina aniqlab kelgan bo‘lsa, bu safar ilk bor har bir pozitsiyaning eng ilg‘orlarini ham sahnaga taklif qildi.Ularni aniqlab olishda UEFA eng sodda yo‘ldan foydalandi. Chempionlar Ligasining guruh bosqichida ishtirok etgan 32 klub bosh murabbiylari har bir pozitsiyaga 3 nafardan futbolchini joylashtirib berdi. Bunda ular o‘z shogirdlarini qayd eta olmasdi. Eng yaxshi futbolchiga 5 ochko, keyingisiga 4 va so‘nggisiga 3 ochkodan berildi.
Qo‘shimchasiga, so‘rovnomada UEFA tasarrufiga kiruvchi 55 mamlakatdan 1 nafardan eng oldi jurnalist ishtirok etdi. Ular ham xuddi yuqoridagi murabbiylar kabi eng yaxshilarni aniqladi.
Izoh (0)