O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati bugun, 25-avgust kuni bo‘lib o‘tayotgan 11-yalpi majlisida O‘zbekiston hukumatining Turkiyadagi diplomatik korpusiga yangi rahbarni tasqidladi, deb xabar berdi UzReport.
Senat qaroriga ko‘ra, Alisher A’zamxo‘jayev O‘zbekistonning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.
Alisher A’zamxo‘jayev iyuldan buyon MDH davlatlari, jumladan, Rossiya bilan hamkorlik boshqarmasi rahbari lavozimini egallab kelayotgan edi.
Izoh (0)