Ukraina rahbari Pyotr Poroshenko Germaniya va Fransiyaning sobiq prezidentlari Yoaxim Gauk va Fransua Ollandni, shuningdek, AQShning sobiq vitse-prezidenti Jozef Baydenni ordenlar bilan mukofotladi. Chet el fuqarolarini orden va medallar bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmon 24-avgust kuni imzolandi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Bundan tashqari, Bundestag prezidenti, Ispaniyaning Kiyevdagi elchisi, Polshadagi ukrain tili o‘qituvchisi, AQSh senatori va boshqalar Yaroslav Dono va “Xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, Ukraina prezidenti Ukrainada xizmat ko‘rsatgan artist hamda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvonlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Izoh (0)