Suriyada mo‘tadil muxolifatning terrorchilardan ajralishi, shuningdek, deeskalatsiya zonalarining tashkil etilishi mamlakatda fuqarolar urushini to‘xtatishga yordam berdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu livanlik hamkasbi Ya’qub Sarrof bilan “Armiya–2017” xalqaro harbiy-texnik forumi doirasida o‘tkazgan uchrashuvida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
“Hamkorligimizga keladigan bo‘lsak, bugun u ayniqsa dolzarbdir, negaki sizning mamlakatingiz beqarorlik yoki beqarorlikning kengayishi zonasida joylashgan”, — ta’kidlab o‘tdi Shoygu.
Bundan tashqari, Shoygu rossiyalik harbiylar Livanning mamlakat shimoli-sharqida “Jabhat an-Nusra” va IShIDga qarshi kurashda erishayotgan muvaffaqiyatlarini kuzatib borayotganini bildirib o‘tdi.
Izoh (0)