Chad rasmiylari Qatarning mamlakatdagi elchixonasi yopilganini bildirdi. Qatarlik diplomatlar mamlakatni o‘n kun ichida tark etishi belgilandi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Chad tashqi ishlar vazirligining bayonotida aytilishicha, Qatar qo‘shni Liviya orqali mamlakatdagi vaziyatni izdan chiqarishni rejalashtirgani bunday qarorga sabab bo‘ldi.
Chad, shuningdek, Doxadagi diplomatik vakolatxonasini yopib, u yerdagi personalni mamlakatga qaytarishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)