Ispaniyaning Barselona shahrida sodir bo‘lgan teraktda qurbon bo‘lganlar va jabrlanganlar orasida 33 mamlakat fuqarosi bor. Bu haqda, Kataloniya favqulodda xizmatlariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ilgariroq jabrlanganlar 18 mamlakat fuqarosi ekanligi bildirilgan edi.
Bu mamlakatlar — Avstriya, Avstraliya, Jazoir, Argentina, Marokash, Kolumbiya, Misr, Ispaniya, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Venesuela, Belgiya, Peru, Ruminiya, Irlandiya, Vengriya, Kuba, Gretsiya, Makedoniya, Gonduras, Mavritaniya, Italiya, Dominikan Respublikasi, Buyuk Britaniya, Pokiston, Kanada, Ekvador, AQSh, Filippin, Kuvayt, Turkiya va Xitoy.
Barselonada 17-avgust kuni terakt yuz berdi: shaharning piyodalar yuradigan asosiy ko‘chasi — Ramblada yuk mashinasi katta tezlikda piyodalar ustiga bostirib bordi.
Yaqinda teraktda gumon qilinayotgan to‘rtinchi shaxs ushlandi. Birinchi gumondorning surati Ispaniya matbuotida e’lon qilingan edi. Birozdan so‘ng u qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi. Ikkinchi gumondor otib tashlandi.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Barselonadagi terakt oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan.
Ispaniyada Barselonadagi terakt qurbonlari xotirasiga uch kunlik motam e’lon qilindi.
Izoh (0)