Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kataloniya politsiyasi Twitter’dagi sahifasi orqali Barselona va Kambrilsdagi teraktlarda gumondor to‘rtinchi shaxsni ushlaganini ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Terakt ijrosi bilan shug‘ullangan yacheyka 12 kishidan iborat ekanligi oldinroq aniqlangan edi. Ulardan besh nafari Kambrilsda terakt uyushtirishga harakat qilganida otib tashlandi. Yana uch nafari qochib yuribdi.

Birinchi gumondorning surati Ispaniya matbuotida e’lon qilingan edi. Birozdan so‘ng u qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi. Ikkinchi gumondor otib tashlandi.

Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Barselonadagi terakt oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan.

Ispaniyada Barselonadagi terakt qurbonlari xotirasiga uch kunlik motam e’lon qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda