Sergeli tumani hokimligi Xitoyning Shanxay shahridagi Yanpu tumani bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida memorandum imzoladi. Bu haqda “Daryo”ga hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv Toshkent shahrining Sergeli tuman hokimligida 7-avgust kuni bo‘lib o‘tdi.
Tashrif davomida mehmonlar Sergeli tumanida qurilayotgan ko‘p qavatli uylar, yangi qurilish maydonlari, yirik ishlab chiqarish obyektlari va tibbiyot klinikalari bilan tanishtirildi.
Tomonlarning iqtisodiy kelishuvi va olib borilishi lozim bo‘lgan barcha masalalar bo‘yicha Sergeli tuman hokimi va ularning o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkazilganligi va tumanda barcha sohalar bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.
O‘zaro ikki tumanning ijtimoiy-iqtisodiy, savdo va madaniy soha bo‘yicha hamkorlikdagi munosabatlari ko‘rib chiqildi. Ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi, tibbiyot sohasi bo‘yicha ilg‘or yangiliklar va innovatsion loyihalarni kiritilishi keng muhokama qilindi.
Izoh (0)