Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Nyu-Yorkda 3-avgust kuni AQShga o‘z qarindoshlarini ko‘rgani borgan o‘zbekistonlik erkak bedarak yo‘qoldi, deb yozadi “1news.uz”.

Foto: “1news.uz”

Foto: “1news.uz”

1958-yilda tug‘ilgan Ahmedov Sobirjon Ogayo shtatida istiqomat qiladigan qarindoshlarinikiga borish uchun Toshkentdan Nyu-Yorkka uchgan. Ahmedovning qizi iltimosi bilan aerportda uni taksichi kutib olib, Chayna-Taundagi avtobus bekatiga olib borgan, u yerdan erkak avtobusda Ogayo shtatiga yetib olishi kerak edi.

Ahmedov bekatda chipta sotib olgach, taksichi ketgan, u esa bekatda Ogayoga otlangan yana bir o‘zbekistonlik bilan birga qolgan. Ammo biroz vaqtdan so‘ng Ahmedov Sobir aylanib kelish uchun avtobus bekatidan Kanal-stritga qarab yo‘l olgan va qaytib kelmagan.

Bu haqda Ogayoga otlangan o‘zbekistonlik erkak xabar bergan.

Forum Daily ma’lumotlariga ko‘ra, Ahmedov Sobir Nyu-Yorkda rasman qidiruvga berilgan, politsiya uni qidirishda davom etmoqda.

Yaqinda o‘zbekistonliklardan iborat bir guruh ko‘ngillilar Ahmedov yo‘qolgan joyni yaxshiroq o‘rganish maqsadida Chayna-Taunga bordi; ular shuningdek uning yo‘qolgani haqidagi e’lonlarni osib chiqdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar