Turkiyaning Tutak tumanida kran mikroavtobus ustiga quladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, avtobusning yetti nafar yo‘lovchisi voqea joyida halok bo‘ldi. Bundan tashqari, 11 kishi jarohat oldi. Ulardan to‘rt nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.
Yuk kraniga ega mashina yo‘l ishlari ishtirok etayotgan edi. Kran nega tushib ketgani hozircha ma’lum emas. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, unda qandaydir texnik muammo kuzatilgan.
Politsiya va tez yordam mashinalari voqea joyida ishlamoqda.
Izoh (0)