Afg‘onistonda “Tolibon” radikal guruhi yetakchilaridan biri o‘z qo‘riqchilari tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Voqea 14-avgustga o‘tar kechasi Nangarxar viloyatida ro‘y berdi. Mahalliy politsiya vakilining so‘zlariga qaraganda, guruhning Kaka Ji laqabi bilan mashhur Fazl Subhon ismli yetakchisi to‘rt nafar qo‘riqchisi tomonidan o‘ldirilgan.
Qo‘riqchilar nega o‘z yetakchisini o‘ldirgani hozircha noma’lum.
Izoh (0)