Nepalning markaziy hududida toshqinlar oqibatida qolib ketgan 300 ga yaqin chet ellik turistning evakuatsiya qilinishida fillar ishtirok etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ma’lumki, Sauraxa shahrining Chitvan tumanida Rapti va Budxtrapti daryolari o‘zanidan toshib ketishi oqibatida 200 nafar nepallik va 400 chet ellik turist halokat zonasida qolib ketgan edi. Turistlarning 200 nafari hindistonlik edi.
Sauraxa shahri Chitvan milliy bog‘iga yaqinligi bois turistlar orasida ancha mashhur.
Nepalda bir necha kundan buyon kuchli yog‘ingarchilik davom etmoqda. Buning oqibatida daryolar toshib, sellar kelib chiqmoqda.
Izoh (0)