Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Burkina-Fasodagi qahvaxonaga hujumda 17 kishi qurbon bo‘ldi, sakkiz kishi jarohatlandi, deb yozadi “RIA Novosti” aloqa vaziri Remi Danjinuga tayanib.

Foto: AFP

Foto: AFP

Halok bo‘lganlar va yaralanganlarning qaysi davlat fuqarolari ekanligi noma’lum. Danjinu jabrlanganlar “turli millatlar vakillari” ekanligini aytdi.

Bundan tashqari, aloqa vaziri ma’lum qilishicha, hukumat tekshiruv ishlarini boshlagan. Xavfsizlik kuchlari mamlakat aholisini osoyishtalikni saqlab, bu dahaga yaqinlashmaslikni so‘radi.

Uch erkak mahalliy vaqt bilan 21:30 (Toshkent vaqti bilan 02:30)da “Istanbul” qahvaxonasiga kelib, ayvonda o‘tirgan xo‘randalarni o‘qqa tutgan. Shundan so‘ng armiya jinoyatchilarga qarshi operatsiya boshladi, otishma yuzaga keldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda gaz zapravkalar qayta ochilishi kutilmoqda
Dunyo
Rossiya Belarusga yangi harbiy qismlar joylashtirdi — Ukraina chegara xizmati