Pokistonning Kvetta shahrida 12-avgust, shanba kuni yuz bergan portlash oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi, yana 26 kishi jarohat oldi. Bu haqda The Express Tribune gazetasiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Gazetaning ma’lumotlariga ko‘ra, portlash shahardagi avtobus bekatlaridan birida yuz bergan.
Jabrlanganlar kasalxonaga olib borilgan, ulardan bir nechtasi og‘ir ahvolda.
Ayni vaqtda portlash sababi aniqlanmagan.
Izoh (0)