Shimoliy Koreyaning 3,5 millionga yaqin fuqarosi AQShga qarshi kurashish uchun armiyaga qo‘shilishga hozirligini bildirdi. Ular orasida Koreya Mehnat partiyasi a’zolari, oddiy ishchilar va yoshlar bor, deb xabar beradi TJournal.
9-avgust kuni ommaviy tarzda arizalar kiritish boshlandi. O‘shanda Koreya xalq armiyasi AQShning Guamdagi obyektlariga preventiv zarba berishga tayyorligini e’lon qilgan edi. Jami 3,475 million kishi ariza bilan mudofaa vazirligiga murojaat qilgan.
Koreya markaziy telegraf agentligi KXDR Guamga zarba berishni rejalashtirayotganini bildirganidan so‘ng AQSh prezidenti Donald Tramp bunga “olov va g‘azab” bilan javob berishini aytgan edi.
Izoh (0)