Afg‘oniston sharqidagi Kunar viloyatida IShID terrorchi guruhining mahalliy yacheykasi rahbari o‘ldirildi. Bu haqda NATOning Afg‘onistondagi missiyasi bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Bayonotga ko‘ra, mahalliy terrorchilarning rahbarlaridan biri bo‘lgan Abdulrahmon 10-avgust kuni koalitsiya aviazarbalari natijasida yo‘q qilingan. U bilan birga guruhning yana uch katta a’zosi o‘ldirildi.
Yacheyka viloyatning Doroi Pech tumanida o‘rnashgan edi.
Izoh (0)