BAAda Zayed University talabalar mashhur arab pyesasini audio rejimida yozdi. Ushbu audioversiya ko‘zi ojiz o‘quvchilar pyesani eshita olishi uchun yaratildi, deb xabar beradi UAEInside.

Doktor Muhammad Ashur. Foto: Zayed University

Loyiha universitetdagi Baxt ofisida ishga tushirilib, imkoniyatlari cheklangan insonlarga yordam sifatida taqdim etildi.

“Loyiha g‘oyasi — imkoniyatlar cheklangan talabalarni jamiyat bilan aloqaga undash va ularga arab adabiyotidan zavqlanish imkoniyatini berish. Talabalarimiz birlashib, mashhur Nahr Al Junun (“Junun daryosi”) pyesasini audioformatda tayyorladi”, — ma’lum qildi loyiha kuratori Muhammad Ashur.