Samarqand shahridagi Shoirlar bog‘ida xalq baxshilari Islom shoir Nazar o‘g‘li, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Fozil Yo‘ldosh va Muhammadqul Jomurod o‘g‘li – Po‘lkan shoirning restavratsiya qilingan haykallari ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, Shoirlar bog‘i Samarqand yuragi — Registon maydoniga tutash hududda joylashgan. Qayd etishlaricha, baxshilar haykalining avgust oyida bo‘lib o‘tadigan “Sharq taronalari” 11-xalqaro musiqa festivali oldidan o‘rnatilishi o‘ziga xos ahamiyatga ega.
Tadbirda O‘zbekiston xalq baxshisi Mahmatmurod Rajabov hamda yosh baxshilar Ahror Pardayev va Jahongir Norbekov Islom shoir, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Fozil Yo‘ldosh, Po‘lkan shoir aytgan dostonlardan namunalar ijro etdi.
Izoh (0)