Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya tomonidan Qirg‘iziston qurolli kuchlariga taqdim etilgan An-26 harbiy-transport samolyotlari jangovar harakatlarni amalga oshirishda yordam beradi. Bu haqda 10-avgust, payshanba kuni ikkita An-26 samolyotlarini topshirish marosimida qatnashgan Qirg‘iziston Qurolli kuchlarining bosh shtabi raisi Rayimberdi Duyshenbiyev ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“Ikkita samolyot yordamida bizning qurolli kuchlarimiz yuklarni, shaxsiy tarkibni, shuningdek, desantlarni tashlashni, tashishni amalga oshirish mumkin”, — dedi Duyshenbiyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy-texnik hamkorlik o‘zining “ko‘p qirraliligi va samaraliligi bilan ajralib turadi”.

Bosh shtab rahbarining fikricha, hamkorlik yo‘nalishiga Qirg‘iziston hududida Rossiya harbiy bazasining, jumladan, Kantda aviabazaning joylashganligi asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar