AQSh prezidenti Donald Tramp Oq Uy rahbarligiga kelganidan buyon o‘tgan vaqtning taxminan to‘rtdan bir qismini o‘ziga tegishli golf klublarida o‘tkazdi. Bu haqda, NBC telekanaliga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Tramp 202 kundan buyon prezidentlik mansabida o‘tiribdi. Shundan 50 kunni u asosan Florida shtatida joylashgan golf kurortlarida o‘tkazdi.
Jami prezident Trump Organization oilaviy kompaniyasiga tegishli muassasa va hududlarda 65 kun bo‘ldi.
Telekanalga ko‘ra, Tramp saylovoldi kampaniyasi chog‘ida o‘zidan oldingi prezident Barak Obama ko‘p dam olishini, ayniqsa golfga ortiq darajada qiziqishini aytib, uni tanqid ostiga olgan edi.
Ammo 20-yanvardan 1-avgustga qadar Trampni kamida 21 marta golf o‘ynayotganida ko‘rishgan. Obama esa prezidentligining dastlabki olti yarim oyida 11 marta golf o‘ynagan edi.
Izoh (0)