AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati xodimlari kuniga ikki marta davlat rahbari uchun u haqdagi ijobiy xabarlar to‘plangan papka tayyorlaydi. Bu haqda Vice nashriga tayangan holda Meduza xabar qilmoqda.
Har bir to‘plam 20–25 sahifadan iborat bo‘lib, ulardan TVdagi xayrixoh titrlar, ijobiy tvitlar, Tramp maqtalgan teleintervyular va boshqa materiallar skrinshotlari o‘rin oladi. Ba’zan papkaga Tramp “oliyjanob” qilib ko‘rsatilgan teletasvirlar joylashtirilishi mumkin.
Aytilishicha, birinchi papka ertalabki soat 9:30 ga, ikkinchisi esa 16:30 ga tayyor bo‘ladi. Hisobotni AQSh Respublikachilar partiyasi milliy qo‘mitasi xodimlari tayyorlaydi. Ular ertalabki soat 6:00 dan CNN, MSNBC va Fox News telekanallaridagi shoularni ko‘radi, internet va gazetalarni o‘rganib chiqadi. Ular har yarim soatda Oq Uyga to‘plangan materiallar aks etgan skrinshotlarni yuboradi.
Izoh (0)