Sinay yarim orolining shimolida uyushtirilgan terrorchilik hujumi oqibatida to‘rt nafar misrlik politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Voqea Shimoliy Sinay viloyati ma’muriy markazi al-Arish shahriga eltadigan yo‘lda ro‘y berdi. Radikallar pistirma uyushtirib, politsiyachilar ketayotgan mashinaga hujum qildi.
Misr Sinay yarim orolining shimolida ikki yildan buyon ekstremistlarga qarshi kurash olib bormoqda.
Izoh (0)